Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichkina qishloqning katta bayramidan videolavha
17:30 / 2022-03-28

Mamlakatimizda Navro‘z shukuhi kezib yurgan shu kunlarda joylarda katta-kichik bayram tadbirlari, sayillar davom etmoqda.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ham Navro‘z bayrami o‘zgacha nishonlandi. Tumandagi barcha qishloqlarda bayramga odatdagiday alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Odatga ko‘ra doshqozonlarda osh damlanib, xalqqa ulashildi. San’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari elga manzur bo‘ldi.

“O‘rta” qishloq – Chiroqchidagi uncha katta bo‘lmagan hudud. To‘rt yuzdan ortiq aholi istiqomat qiladigan bu qishloqda bayram har yili o‘zgacha tantana qilinadi. Shodionaga kayvonilar bosh bo‘ladi. Navro‘z ahil va birdamlikda kutib olinadi. Bu yil ham ushbu an’ana davom etdi.


<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pvZCQwAJA3w" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Nishonboy Abduvoitov(video), O‘zA