Kichkilov Sherxon Xamzayevichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ko‘hitang tog‘ qishloqlari aholisining ijtimoiy turmushida an’anaviylik va transformatsion jarayonlar” mavzusida
Kichkilov Sherxon Xamzayevichning 07.00.07 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha “Ko‘hitang tog‘ qishloqlari aholisining ijtimoiy turmushida an’anaviylik va transformatsion jarayonlar” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 29-oktyabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 190111, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 2-uy. Termiz davlat universiteti.
Tel.: (99876) 221-74-55; (376) 221-71-17
e-mail: termizdu@umail.uz