Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik va o‘rta biznesning rivojlanishida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash muhim o‘rin tutadi
13:12 / 2023-12-06

Poytaxtimizda Biznes-ombudsman va qator mas’ul tashkilotlar hamkorligida “Iqtisodiy islohotlar doirasida kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish, aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlariga doir ustuvor vazifalar muhokama qilindi.  

Ma’lumki, kichik va o‘rta biznes har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ular innovatsiyalar dvigateli bo‘lib, ish o‘rinlarini yaratish, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Statistik ma’lumotlarga yuzlanadigan bo‘lsak, 2023 yil yanvar-sentyabr holatiga birgina kichik biznesning YAIMdagi ulushi 51,2 foizni tashkil etmoqda.  

Biroq tadbirkorlar o‘z salohiyatlarini to‘la ishga solishlari uchun ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish zarur. Davlatimiz rahbarining avgust oyida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotlarida ham tadbirkorlarni eng ko‘p qiynagan masala aynan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish bo‘lgan edi.  

Shu maqsadda “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi” “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinishi belgilandi.  

Davra suhbati davomida kompaniya tomonidan 2024 yil 1 martdan boshlab kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim etiladigan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.  

Bundan tashqari, 2023 yil 10 noyabrdagi Prezident qaroriga ko‘ra, mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, aholining keng qatlamlari tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish maqsadida mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish dasturi amalga oshirilishi belgilandi.  

Davra suhbatida mikromoliyaviy xizmatlar faoliyatini tashkil qilish orqali oldinga qo‘yilayotgan maqsadli ko‘rsatkichlar haqida so‘z yuritildi.  

Bugungi kunda Biznes-ombudsman tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida davlat dasturlarida kichik va o‘rta biznes uchun belgilangan moliyaviy imkoniyatlar to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.  

Davra suhbatida ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar va xulosalardan kelib chiqqan holda tadbir ishtirokchilari tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA