Hokim yordamchilari, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish sohasi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyaning Tokio shahrida “SME Support Japan“ tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv amaliy seminarda ishtirok etmoqda.
Maqsad Yaponiyaning kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda siyosati bilan tanishishdir.
Mashg‘ulotlarning birinchi kunida “SME Support Japan“ tashkiloti raisi va bosh direktori Atsushi Toyonaga hamda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muxsinxo‘ja Abdurahmonov ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar doirasida SMRJ biznes inkubatsiya markaziga tashrif buyurilib, Yaponiyaning “Vako Riken Inkubeyshn Plaza“ inshootidagi ”Riken“ ob’ektlari va inkubatsiya inshootlari bilan tanishildi, deyiladi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ma’lumotida.
Mashg‘ulotlar ikkinchi kunida Kichik va o‘rta biznes uchun BCP ishlanmasini qo‘llab-quvvatlash mavzusidagi seminar va Tokyo SME Training institutiga tashrif amalga oshirilib, Yaponiya mutaxassislari bilan fikr va tajribalar almashildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda “SME Support Japan“ tashkiloti hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari, mashg‘ulotlarni borishi tartibi va kelgusidagi loyihalar xususida fikrlashildi.
Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA