Kichik sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Dilmurod Umurzoqov va tuman soliq rahbari Sharifjon Abdurahimov boshchiligidagi ishchi guruh “Paxtalikko‘l” kichik sanoat zonasida bo‘ldi.
O‘rganish davomida bu yerdagi korxonalarning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Faoliyatni boshlash arafasidagi tadbirkorlarga ishni yuritish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish va soliq tushumlarini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar yuklatildi.
Ta’kidlash joiz, mazkur kichik sanoat zonasining umumiy loyiha qiymati 41,5 milliard so‘mni tashkil etib, bu yerda 15 korxonada 1220 yangi ish o‘rni yaratilgan.
[gallery-8186]
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA