FOTOREPORTAJ
Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov Dashtbog‘ mahallasida bo‘lib, ushbu hududda joylashgan “Dashtbog‘” kichik sanoat zonasi korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Ilk manzil “Zamondosh Poligraf Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘ldi. Mazkur korxona qog‘ozdan turli xil etiketkalar, yorliqlar, qutilar va boshqa poligrafiya mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona respublika bo‘ylab ko‘plab yirik brendlar bilan hamkorlik qilib, ular bilan uzoq muddatli shartnomalar imzolagan.
Hozirgi kunda korxonada 20 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritib, 100 dan ortiq turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bir oy davomida 80 ming dona quti va 100 mingdan ziyod yorliq tayyorlanmoqda.
[gallery-26557]
Kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan bu singari salmoqli loyihalar hududning iqtisodiy faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA