English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik sanoat zonasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda
09:20 / 2023-11-22

FOTOREPORTAJ

Namangan shahar hokimligi tomonidan kichik sanoat zonalari hamda yangi tashkil etilayotgan korxonalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida jamoatchilikka kengroq ma’lumot berish maqsadida bir guruh jurnalist va blogerlar “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasiga taklif qilindi.

“Barkamol avlod” yoshlar kichik sanoat zonasi Namangan viloyat hokimi tashabbusi bilan ochilgan bo‘lib, umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi va bu yerda 46 ta loyihani ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan.

Quvvatlarning to‘liq ishga tushirilishi natijasida yiliga 510,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va 24,0 million dollar hajmida eksport amalga oshiriladi.

[gallery-14705]

Jurnalist va blogerlar KSZda faoliyat yuritayotgan tekstil, mebel, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish kabi korxonalarda bo‘lib, ular faoliyati bilan tanishdilar.

Ma’lumot uchun. Hozirda “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasida 18 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, 2 ming 145 ta ish o‘rni yaratilgan. Qolgan 28 ta loyihaga ko‘ra qurilish-montaj hamda uskunalarni o‘rnatish ishlari yakunlangach,  ish o‘rinlari soni 6 ming 470 taga yetkaziladi.

O‘zA fotomuxbiri Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.