FOTOREPORTAJ
Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev «Barkamol avlod» kichik sanoat zonasida bo‘ldi.
O‘n gektar maydonni egallagan mazkur KSZda 46 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ularning o‘ntasi to‘liq quvvatda ishlamoqda. KSZda bugungi kunda mingdan ortiq ishchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ko‘zda tutilgan barcha loyihalar ro‘yobga chiqarilsa, bu yerda jami 6 mingdan ziyod ish o‘rni vujudga keladi.
Shahar hokimi A. Otaxo‘jayev kichik sanoat zonasidagi «Sifat yog‘och mebel» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu korxonada zamonaviy texnologiyalar yordamida qo‘li gul ustalar tomonidan ellik turdan ortiq mebel mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilgan qariyb 2 million dollarlik mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarga eksportga chiqarilgan.
[gallery-18246]
Korxonadagi shart-sharoitlar, istiqbolli rejalar alohida e’tirof etildi. KSZda mana shunday salohiyatli ishlab chiqarish sub’ektlari safini kengaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA