Kichik korxona 85 kishini ishli qildi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi Chamanzor mahallasida “Azuz” brendi ostida erkaklar kiyimlarini ishlab chiqaruvchi tikuv sexi faoliyat boshladi.
Tadbirkor Muhammadbobur Azimjonov tashabbusi bilan tashkil etilgan sexda 15 nafar mahalliy aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, 50 ta xonadonga kasanachilik asosida ish berilib, 70 nafar fuqaro uy sharoitida mehnatga jalb etildi.
[gallery-24639]
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan ichki bozorga yetkazilmoqda. Yaqin kelajakda esa mahsulotlarni eksport qilish mo‘ljallangan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA