Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik GESlar katta ehtiyojni qanoatlantirishga xizmat qilmoqda
15:50 / 2020-01-04

Yig‘ilishda barcha sohalar qatori energetikani rivojlantirish, sohaga xususiy sektor va investitsiya jalb qilish bo‘yicha ham zarur topshiriqlar berildi.


Prezidentimiz 2019 yil 30 dekabr kuni parlament palatalari rahbarlari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan uchrashib, yil yakunlarini sarhisob qildi va 2020 yildagi muhim vazifalarni belgilab berdi.

Yig‘ilishda barcha sohalar qatori energetikani rivojlantirish, sohaga xususiy sektor va investitsiya jalb qilish bo‘yicha ham zarur topshiriqlar berildi.

Darhaqiqat, 2019 yilda mamlakatimiz, shu jumladan, Toshkent viloyatida ham energetika tizimini isloh qilish, xususan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, yangi kichik gidroelektrostansiyalar barpo etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Prezidentimizning 2017 yil 2 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori bu boradagi ishlar rivojida muhim huquqiy asos vazifasini o‘tayotir.

Davlatimiz rahbarining shu va sohani rivojlantirishga oid boshqa hujjatlar ijrosi doirasida viloyatda energetika tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. “Tuyabo‘g‘iz“ suv ombori qoshida barpo etilgan kichik GES ana shunday hayotbaxsh loyihalardan biridir.

Ma’lumki, “Tuyabo‘g‘iz“ (Toshkent) suv ombori 1953-1963 yillar davomida Ohangaron daryosi o‘zanida qurilgan. Suv omboriga suv yig‘ish 1959 yilda boshlanib, loyihadagi 250 million m3 hajmdagi suv 1964 yilda yig‘ilgan.

Mazkur suv omborining salohiyati yuqori bo‘lgani bois, uning bazasida kichik GES qurish imkoni mavjud edi.

Mamlakatimizda aholi va ishlab chiqarish quvvatlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini uzluksiz qanoatlantirish maqsadida 2017 yilning iyul oyida mazkur gidroelektrostansiya qurilishi boshlandi.

Qiymati qariyb 16 million dollar bo‘lgan mazkur loyihaning qariyb teng yarim mablag‘i chel el investitsiyasi, qolgan qariyb 8 million dollar qismi esa “O‘zbekgidroenergo“ aksiyadorlik jamiyati mablag‘i hisobidan moliyalashtirildi.

“TOʻPALANG HPD IRRIGATION” unitar korxonasi quruvchilari tomonidan belgilangan maydonda 14 ming 500 metr kub beton ishlari bajarilib, qisqa fursatda zamonaviy kichik GES bunyod etildi.

Qurilish jarayoniga ilg‘or mutaxassislar va zamonaviy texnikalar jalb etilgani, jumladan, Xitoyning “Donfan Electric International Corporation” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida mazkur kompaniya asbob-uskunalaridan keng foydalanilgani sifat va samaradorlikka erishishga xizmat qildi.

2019 yilning mart oyida foydalanishga topshirilgan mazkur kichik GESda 2 ta agregat mavjud bo‘lib, har birining quvvati 5,4 MVtni tashkil etadi. O‘z navbatida bu 1 ming 600 ga yaqin xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini yaratadi.

Ayni paytda kichik GES tomonidan soatiga 11,4 MVt, yiliga esa o‘rtacha 41,2 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu viloyatning ikkita tumanida istiqomat qilayotgan aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirishga yetadi.