Norin daryosining Namangan viloyatidan o‘tgan qismida kichik GESlar barpo etish bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda. Yangi loyihalar bo‘yicha xorijlik katta tajribaga ega investorlar bilan hamkorlik olib borilyapti.
“China Construction Third Engineering Bureau Group” kompaniyasining O‘zbekiston filiali bosh direktori Fang Davei boshchiligidagi delegatsiya shu maqsadda Namanganga keldi.

“China Construction Third Engineering Bureau Group” — Xitoyning yirik davlat qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lib, bu yo‘nalishda dunyodagi eng katta quvvatlardan biri sifatida Fortune Global 500 ro‘yxatiga kirgan.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov delegatsiyani qabul qildi. O‘zaro muloqotda xorijiy kompaniyaning imkoniyatlari, loyiha takliflari tinglandi. Kichik GESlar barpo etish bo‘yicha talab va sharoitlar muhokama qilindi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA