To‘lagan Nurlanbek o‘g‘li TO‘XTARALIYEV talaba Turan International University Namangan, Oʻzbekiston tolagantoxtaraliyev7@gmail.com email
Annotatsiya
Ushbu maqolada kichik biznesning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishdagi roli va afzalliklari tadqiq qilingan bo‘lib, “yashil” iqtisodiyot tamoyillari kichik biznesning iqtisodiy samaradorligini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirishi haqida so‘z yuritiladi. O‘zbekistonda kichik biznes uchun “yashil” iqtisodiyotga o‘tish imkoniyatlari, duch kelinayotgan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekologik texnologiyalar va “yashil” amaliyotlarni joriy qilish kichik biznesni rivojlantirishning muhim omillaridan biri ekanligi aniqlanadi.
Tayanch so‘zlar: kichik biznes, “yashil” iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, resurslardan oqilona foydalanish, iqtisodiy samaradorlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish, ekologik texnologiyalar, O‘zbekiston iqtisodiyoti, “yashil” amaliyotlar.