French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi
16:34 / 2019-04-25

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 25 aprel kuni aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishning muhim sharti” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.


O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 25 aprel kuni aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishning muhim sharti” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlandiki, Xalq bankining barcha tuman va shaharlarda 197 ta filiali tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish asosida Xalq banki tomonidan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlariga 2018 yil davomida 297,1 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 14 868 ta yangi ish o‘rini yaratildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida esa bu yo‘nalishda jami 218,7 mlrd. so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratilib, ushbu mablag‘lar hisobidan 
10 671 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, Xalq banki tomonidan 10 ta xorijiy moliya institutidan 156,6 mln. AQSh dollarlik kredit liniyalarida jalb etilgan bo‘lib, hozirgacha 100,0 mln. dollarlik qismi to‘liq o‘zlashtirildi. Joriy yil davomida esa tadbirkorlarimizning istiqbolli loyihalari uchun 114,7 mln. AQSh dollarlik xorijiy kredit liniyalarini ajratilishi belgilangan. 
Bankda yaratilgan yana bir qulaylik, mijozlarga bankdan hisob raqam ochish, korporativ mobil banking hamda Internet banking xizmatlaridan foydalanish mutlaqo bepul amalga oshirilmoqda. Mizojlar uchun 
24/7 rejimda ishlar tashkil etilgan. Ya’ni endi Xalq banki mijozlari haftasiga yetti kun istalgan payti hisob raqamidagi mablag‘larni filial ruxsatisiz boshqa raqamga (Xalq banki mijoziga) erkin tasarruf etishlari mumkin.

Shuningdek, bank tomonidan Overdraft “Pensiya karta”lari pensiya oluvchi jismoniy shaxs xohishiga ko‘ra, bepul va besh yil muddatga ochib berilishi joriy etilmoqda. Ushbu karta orqali barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish va naqd pul mablag‘larini yechish mumkin. Qulayligi, Xalq bankining kassalari va bankomatlaridan naqd pul yechish esa mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Shuningdek, ushbu kartani ochgan mijozga pensiya mablag‘lari moliyalashgunga qadar, bank hisobidan oylik pensiyaning 50 foizigacha qismi har oyda 1,6 foiz ustama to‘lash sharti bilan ajratiladi. Asosiysi, ushbu foizlar faqatgina ishlatilgan mablag‘ uchun to‘lanadi. 
Aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 24/7 rejimda ishlovchi bankdan tashqari hududlarda 100 dan ortiq “Elektron ofislar” tashkil etilib, turli bank xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. 
Matbuot anjumani davomida jurnalistlarning Xalq banki faoliyati bilan bog‘liq barcha savollarga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.