Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik biznes taraqqiyoti yo‘lida
17:14 / 2016-04-19

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan “Innovatsion texnologiyalar – kichik va oilaviy biznesni rivojlantirish uchun imkoniyatlar” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati kengashi raisi vazifasini bajaruvchi T.Fayziyev va boshqalar mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatini rivojlantirish orqali xalqning turmush darajasini yaxshilash, aholining real daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Tadbirda innovatsiyalarning ahamiyati va klassifikatsiyasi, kichik biznes sohasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish masalalari muhokama etildi. Toshkent viloyatidagi kichik va oilaviy biznes subyektlarining mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash, aholiga xizmat ko‘rsatish borasidagi tajribalari haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikka innovatsiyani joriy etish, bu borada ularning intilishlarini rag‘batlantirish, viloyat hududida oilaviy subyektlarning mahsulot ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyati tahlil etildi.