Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberzo‘ravonlik va uning turlari xotin-qizlarga qarshi qaratilgan zo‘ravonlik shakli sifatida
15:28 / 2023-07-28

Xurshida Xodjiakbarovna SAYDIVALIEVA yuridik fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent, O‘zbekiston Umidjon Sharabiddinovich XAMRAKULOV dotsent texnika fanlari doktori O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent, O‘zbekiston

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Maqolada xotin-qizlarga qarshi qaratilgan zo‘ravonlikning bir shakli sifatida kiberzo‘ravonlik tushunchasi va uning keng tarqalgan turi hisoblanmish kiberxarassment haqida tahliliy ma’lumot berilgan. Kiberzo‘ravonlik bilan bog‘liq hodisalarga nisbatan olimlar va tadqiqotchilarning munosabatlari o‘rganilib, mualliflik ta’riflari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston qonunchiligida bu borada bo‘shliqlarning mavjudligi qayd etilib, nazariya va amaliyotda ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.

Tayanch so‘zlar: xotin-qizlar, gender tenglik, kibermakon, zo‘ravonlik, kiberzo‘ravonlik, kiberxarassment, ta’qib  qilish, tahdid, xavfsizlik, himoya.