Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberxavfsizlikka javobgar vazir kompyuter ishlatishni bilmasa...
15:10 / 2018-11-15

Yaponiyaning kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha vaziri Yositaka Sakurada shaxsiy kompyuterdan foydalanishni bilmasligini tan oldi.


Yaponiyaning kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha vaziri Yositaka Sakurada shaxsiy kompyuterdan foydalanishni bilmasligini tan oldi. U bu haqida parlamentning quyi palatasi debatlari jarayonida gapirib oʻtgan. Deputatlarning savollariga u yoshlik davrlaridanoq ish bilan koʻproq band boʻlgani va kompyuterni oʻrganishga vaqt topa olmaganini bildirgan. 

“Keyinchalik men rahbar lavozimiga oʻtdim va koʻp ishlarni xodimlarimga buyuradigan boʻldim. Menga klaviaturani taqillatib oʻtirishga hojat yoʻq”, deydi Yositaka. 

“Kyodo” agentligining xabariga koʻra, vazirning bu gaplari koʻpchilikni hayratga solgan. Muxolifat partiya vakili Masato Imai kompyuterda ishlashni bilmagan kishiga qanday qilib kiberxavfsizlik ishlari yuklatilganiga ishonolmasligini aytgan. 

Vazirlik esa Yositaka Sakurada kompyuterni bilmasa-da, kuchli siyosiy bilimga ega boʻlgani uchun bu sohada buyruqlar bera olish imkoniyatiga ega ekanligini bildirgan. Atom elektr stansiyalarini kiberxujumlardan himoya qilish borasidagi savollar esa vazirlik tomonidan ochiq qoldirilgan.