Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberxavfsizlik eng dolzarb muammoga aylandi
14:58 / 2023-03-15

bugungi kunda jamiyatimizga raqamli texnologiyalar kirib kelgani sayin kiberjinoyatlar soni ortib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi jinoyatlar ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda avj olmoqda. Bunday vaziyatda elektron tizimlardan foydalanganda xavfsizlikka alohida e’tibor qaratish va bu borada ehtiyotkorligimizni oshirish eng ma’qul yechim, deydi soha mas’ullari.

Qarshi shahridagi jurnalistlar uyida viloyatda faoliyat yuritayotgan OAV vakillari uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar: tahlil va natijalar” mavzuida tashkil etilgan matbuot anjumanida shu haqida so‘z bordi.  

Tadbirda globallashuv jarayonida axborot texnologiyalari, ayniqsa, internet kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangani ta’kidlandi. “Axborot asri” deb atalayotgan hozirgi zamonda, ma’lumot olish va axborot almashishning qulay vositasi internet ekanligi, ijtimoiy tarmoqlar nafaqat axborot tarqatish, balki jamoatchilik fikrini shakllantirish va boshqarishda jiddiy qurol bo‘lib qolganligi qayd etildi.  

So‘nggi vaqtlarda bank plastik kartalaridagi pullarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni sodir etilishi kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Xususan, viloyat hududida bank plastik kartalaridagi pullarni noqonuniy o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘paygan. Tahlillarga ko‘ra, bir kunda qayd etilayotgan ushbu turdagi jinoyatlarning 10 tadan 9 tasi noaniq sharoitlarda sodir etilmoqda. Viloyat hududida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish va fuqarolarga ushbu turdagi jinoyat qurboniga aylanib qolmasliklari uchun ularning kiber bilimlarini oshirish, ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi har bir fuqaroga immunitet shakllantirishini ta’minlash, mazkur turdagi jinoyatlarni “issiq izi” da fosh etish, bank plastik kartalaridagi pullarni talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishda ommaviy axborot vositalarining roli ahamiyatli ekani ta’kidlandi. Jumladan, OAV xodimlari va ijtimoiy tarmoq faollarining bu boradagi targ‘ibot va tashviqot ishlari fuqarolarni ogohlikka  chorlab, kiberjinoyatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

[gallery-10989]

Tadbirda OAV va ijtimoiy tarmoq faollariga soha mas’ullari tomonidan kiberjinoyatlarning turlari – kiberxavfsizlik,  kiberjinoyatchilik, kibermakon, kibertahdid, kiberhimoya, kiberhujum haqida batafsil ma’lumot berildi.  

Fuqarolar kibertahdidlar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining Cyber_102 kanaliga obuna bo‘lishi tavsiya etildi.  

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov  mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlarida OAV vakillarini hamkorlikka chaqirdi.  

O‘lmas Barotov,  

Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA