Kibersport yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa tashkil etiladi
Joriy yilning 3-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi zamonaviy sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etilishi belgilandi.
Musobaqalar kibersport, dron texnologiyalari, robot texnologiyalari yo‘nalishlarida 3 ta bosqichdan iborat tarzda o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tildi.
Unga ko‘ra, 1-bosqich vazirlik va idoralarda har yili avgust oyida “Harbiy qism (muassasa) komandiri (boshlig‘i) kubogi” uchun, 2-bosqich har yili oktabr oyida “Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi” uchun hamda 3-bosqich har yili dekabr oyida “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi tarzda tashkil etilishi nazarda tutilgan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA