French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kibersport musobaqasi g‘oliblari rag‘batlantiriladi
12:27 / 2026-03-04

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-martda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, kibersport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan harbiy xizmatchilar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

1-bosqichda g‘oliblikka erishgan jamoaning har bir a’zosi bir yo‘la to‘lanadigan 10 million so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy qism (muassasa) komandiri (boshlig‘i) kubogi bilan taqdirlanadi.

2-bosqichda muvaffaqiyatga erishgan jamoaning har bir a’zosi bir yo‘la to‘lanadigan 30 million so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogiga ega chiqadi.

3-bosqichda g‘olib chiqqan jamoaning har bir a’zosi bir yo‘la to‘lanadigan 50 million so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri kubogiga loyiq ko‘riladi.

Mudofaa vazirligi musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

Musobaqada ishtirok etuvchi hamda saralab olingan harbiy xizmatchilar hisobini yuritish maqsadida xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan yagona elektron reyestr joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA