Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kibersport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha maxsus portal yaratiladi
14:55 / 2022-11-17

Bu haqda "Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarorida aytildi.

Hujjatga ko‘ra, "Uzbekistan Esports Championship"  respublika chempionati 2023 yildan boshlab har yili an’anaviy ravishda aprel oyida uch bosqichda tashkil etiladi. Chempionatning tuman (shahar) va viloyat bosqichlari onlayn tarzda o‘tkaziladi.  

Ushbu chempionat hamda "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi" turniri 2023 yil 1 yanvardan boshlab, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining  respublika kalendar rejasiga kiritiladi. Shu va "Yoshlar kubogi" turnirlari, kibersport bo‘yicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus portal yaratiladi.    

 

O‘zA