FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan “Kibermadaniyatni yuksaltirish va kibergigiyenani shakllantirish oyligi” doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Oylik doirasida soha mutaxassislari tomonidan aholi bilan onlayn va oflayn shaklda uchrashuvlar tashkil etilib, raqamli xavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet olamida xulq-atvor madaniyati hamda kibertahdidlardan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, viloyat banklari bilan hamkorlikda bank plastik kartasini olish uchun murojaat qilgan fuqarolarga kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda. Viloyatning 516 ta MFY telegram messenjeridagi 220 ming nafar qamrovi bo‘lgan guruhlariga, mahalliy hokimliklarning 120 ming nafar qamrovi bo‘lgan rasmiy kanallariga, targ‘ibot materiallari va videolari keng ko‘rsatilib kelinmoqda.
[gallery-26251]
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan “CyberControl” bot tizimi yaratilgan. Shuningdek, maktab va oliy ta’lim muassasalarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish va kibergigiyenani shakllantirish oyligi” doirasida turli interaktiv taqdimotlar tashkil etilib, yoshlarga hayotiy kibertahdidlar misolida xavfsiz onlayn muhitini shakllantirishning ahamiyati tushuntirib borilmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA