English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kibermadaniyatni yuksaltirish – davr taqozosi
18:31 / 2024-07-09

Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi qator o‘quv markazlari va ishlab chiqarish korxonalarida kibermadaniyatni yuksaltirish mavzuida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlarda viloyat ichki ishlar boshqarmasi va tuman bo‘limi mas’ul rahbarlari, tegishli mutaxassislar ishtirok etdi.

[gallery-18196]

Yuzma-yuz muloqotlarda bugungi axborot texnologiyalari jadal sur’atda rivojlanib borayotgan, barcha soha raqamlashayotgan bir paytda aholi keng qatlami o‘rtasida kibermadaniyatni shakllantirish zarurati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Kiberxavfsizlikning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha keng ma’lumotlar berilib, video qo‘llanmalar namoyish etildi.

Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA