Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kibermadaniyat firibgarlar aldovidan asraydi
16:02 / 2025-11-06

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Surxondaryo viloyatida ham uchrashuv, davra suhbati va boshqa tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mahalla, tashkilot, korxona va muassasalar, aholi gavjum boshqa joylarda bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda ishtirokchilarning raqamli savodxonligi oshirilib, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet firibgarliklaridan ogoh bo‘lish kabi muhim mavzular yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

– Киберjinoyatларнинг aksariyati fuqarolarning shaxsiy va bank ma’lumotlariga nisbatan e’tiborsizligi sababli yuz bermoqda, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari, podpolkovnik Farhod Toshboyev. – Bu masalada aholi o‘rtasida keng ko‘lamli tushuntirish, ogohlantirish ishlari olib borilishiga qaramay, ayrim yurtdoshlarimiz firibgarlardan jiddiy aziyat chekmoqda. Shu bois oylik davomida aholining raqamli savodxonligini yanada oshirib, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga, internet firibgarliklaridan ogoh bo‘lishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tashkil etilgan tadbirda ham mazkur oylikning mazmun-mohiyati, kiberxavfsizlikning ahamiyati, kiberjinoyatlarning turlari, ularning sodir etilish usullari, internetda uchraydigan firibgarlik sxemalari va himoyalanish choralari haqida atroflicha so‘z yuritildi. 

– Bu jarayonda jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun har xil aldovlarga ishonmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor etmaslikka ham alohida ahamiyat berish kerak, – deydi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali profilaktika inspektori, katta leytenant Muslimbek Qamariddinov. – Uchrashuvda mutaxassislar shu mavzuda fikr almashib, talaba-yoshlarga shubhali havolalarga kirmaslik, ishonchsiz manbalardan dastur va ilovalarni yuklab olmaslik, parollardan to‘g‘ri foydalanish kabi masalalarda o‘z tavsiyalarini bildirgani e’tiborga sazovor bo‘ldi. 

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri