Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytirilmoqda
19:21 / 2026-01-13

Huquqiy munosabat

Ma’lumki, Prezidentimizning “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qaroriga muvofiq axborot texnologiyalari orqali sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati kuchaytirilmoqda.

Bu borada Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Sabohat Abdullayeva quyidagicha tushuntirish berdi:

– Bugungi kunda ichki ishlar vazirligi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasida mas’ul va vakolatli organ etib belgilangan. Shu bilan birga, davlat idoralari, banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda aholi o‘rtasida kibermadaniyatni oshirish bo‘yicha aniq majburiyatlar yuklatildi.

Qaror ijrosiga ko‘ra, quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Jumladan, kiberjinoyatlarni oldini olish bo‘yicha yagona amaliy tizimni yo‘lga qo‘yish, “Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tamoyillari belgilandi. Banklar va to‘lov tashkilotlaridagi kiberhimoya tizimlarini integratsiya qilish va antifrod tizimini joriy etish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, har oy yakunida kiberxavfsizlikda zaifliklarga yo‘l qo‘ygan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilinadi. Bu tizim orqali fuqarolar o‘z mablag‘lari xavfsizligini baholash imkoniga ega bo‘ladi.

Qarorning yana bir muhim jihati — “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”ni joriy etish, ya’ni har yili noyabr oyida mamlakat miqyosida aholi o‘rtasida axborot xavfsizligi madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot dasturlari amalga oshiriladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur qaror nafaqat jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi, balki aholining raqamli savodxonligi va kibergigiyenasi darajasini ham yuksaltirishga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA