Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash barchaning vazifasi
15:19 / 2023-08-01

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida IIBB boshlig‘i D.Xo‘jaqulov boshchiligida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish mavzusida jurnalistlar, blogerlar va hamkor tashkilotlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda mutaxassislar dunyodagi jinoyatlar haqida axborot berdi. Hozir internetdan foydalanayotgan 10 tadan bitta shaxs jinoyat qurboniga aylanayotgani ma’lum qilindi. Bunga esa ko‘pincha fuqarolarning o‘z ehtiyotsizligi sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida 31 iyuldan 6 avgustgacha “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” o‘tkazilmoqda.  

Hafta davomida 22 shahar tumanning fuqarolari, 1020 dan ortiq mahalla va qishlog‘i ishtirok etadi. Xususan, “Cyber wyeyek” davomida fuqarolarni ogohlikka chorlovchi turli matbuot anjumani va boshqa targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Tanlov g‘oliblari IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi va hamkorlikdagi tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.  

A.Musayev, O‘zA.