English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiberfiribgarliklardan xabardor qilishga qaratilgan aksiya
12:07 / 2026-02-19

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Adolat” SDP tashabbusi bilan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu keng ko‘lamli targ‘ibot aksiyasi aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarni zamonaviy aldov usullaridan xabardor qilish orqali ularning manfaatlarini jinoiy xurujlardan himoya qilishga qaratilgan.

Darhaqiqat, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, tom ma’noda, firibgarlar uchun qulay maydonga aylanib bormoqda. Internet va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali firibgarlar ko‘pchilikni o‘z tuzog‘iga ilintirmoqda.

27-fevralga qadar barcha viloyat, tuman va shaharlarida davom etadigan aksiya doirasida yoshlar va jamoatchilik bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda. Ularda  internet va axborot texnologiyalaridan foydalanishda hushyor bo‘lish, telefon xabarlari, ijtimoiy tarmoqlar va soxta sahifalar orqali yolg‘on va’dalarga ishonib qolmaslik lozimligi batafsil tushuntirilmoqda.  

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda ham Adliya va ichki ishlar organi vakillari, deputatlar so‘zga chiqib, internet tarmog‘idan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyat turlari oshib borayotgani, bu har doimgidan ham hushyor bo‘lishni taqozo etayotganini ta’kidladi. Yoshlarga kiberfiribgarlikning mazmun-mohiyati ochib berilgan materiallar tarqatildi.  

M.Komilova, O‘zA