Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keyingi yil Xitoydan yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron olib kelinadi
13:59 / 2025-12-10

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqotida ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida dron xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida markaz ishga tushirilgani bu sohada mutaxassis tayyorlash va dronlarga servis xizmatini ko‘rsatish imkonini berdi.

Shu yilning o‘zida 100 dan ortiq dron yordamida yer maydonlari va ekinlar monitoringi, ilg‘or agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.

Keyingi yil Xitoydan yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron olib kelinadi. Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi orqali agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Agrar sohada dronlar uchun belgilangan uchish og‘irligi hozirgi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi.

– O‘z faoliyatiga raqamli texnologiya va sun’iy intellektni olib kirib, kam xarajat bilan yuqori hosildorlikka erishayotgan fermer va klasterlarimiz soni ham ko‘payib borayotgani meni xursand qiladi, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘zA