Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keyingi yil aholining ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi
12:37 / 2020-12-29

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Kelgusi yil aholining ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi. Nogironlikni belgilashning jahon andozalariga mos “ijtimoiy modeli”ga bosqichma-bosqich o‘tiladi.

Muhtoj aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Bu imkoniyatdan qariyb 50 ming nafar yurtdoshimiz foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaytiriladi. Bunda 27 mingta yoki bu yilgiga nisbatan 2,5 barobar ko‘p oilaning ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badallarini to‘lash va kredit foizlarini subsidiyalash uchun 2,4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.