English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keyingi moʻljalni toʻgʻri olish haqida oʻyla
10:46 / 2020-08-22

Koʻpchilik davlat fuqarolik xizmatidagi islohotlardan yaxshi xabardor emas.


Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Fargʻona viloyati filialida boʻlib oʻtgan tadbirda hududdagi davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarni boshqarish va inson resurlarini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mamlakatimizda istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etishda ochiq, mustaqil tanlov asosida amalga oshirish tizimini joriy etishga, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda kadrlarning kasbga oid sifatlarini va alohida xizmatlarini odilona va obyektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli mutaxassislarni davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilishda hamda ularning xizmat pogʻonalari boʻyicha koʻtarilib borishini taʼminlovchi meritokratiya tamoyili keng joriy etilyapti.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalarida kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq va mustaqil tanlov asosida qabul qilish doimiy ravishda tashkillashtirilmoqda. Xususan, bugungi kunga qadar viloyat moliya bosh boshqarmasi, qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, Fargʻona shahrida joylashgan tashkilotlarda “meritokratiya” tamoyili asosida boʻsh lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov orqali qabul qilish yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Fargʻona viloyati filialidagi mavjud vakant lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan toʻldirish maqsadida ham ana shu tamoyil asosida tanlov oʻtkazildi.

Koʻpchilik davlat fuqarolik xizmatidagi islohotlardan yaxshi xabardor emas. Mazkur tadbir viloyatdagi tashkilot va korxonalardagi soha mutaxassislarini yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Oʻquv-seminarda mazkur yoʻnalishdagi ishlarning mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritilib, xodimlarni boshqarishda inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida tavsiyalar berildi.

– “Agar moʻljaldan adashsang, hech qachon buni notoʻgʻri bajardim deb oʻylama! Keyingi moʻljalni toʻgʻri olish haqida oʻyla”, degan fikr bejizga aytilmagan, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Fargʻona viloyat filiali rahbari oʻrinbosari Ahadjon Akbarov. – Bilimli, yuksak insoniy fazilatlarga ega kadrlar shaffof tarzda tanlab olish tizimi tatbiq qilinmas ekan, biz hech kachon moʻljalni toʻgʻri olishga va soha rivoji uchun katta marralarga erisha olmaymiz.