Keyingi kunlarda ikki mingdan ortiq afg‘on qochoqlari Polshaga o‘tdi
Bu haqda “Polsha radiosi”ga Afg‘onistonning Polshadagi elchisi Tohir Qodiriy ma’lum qilgan. U Polsha hukumatiga evakuatsiya uchun minnatdorlik bildirgan.
Elchining aytishicha, Polsha hukumati va chegarachilari hamkorligida uning vatandoshlari ziddiyat hududini tark etishga muvaffaq bo‘lgan. “Birinchi navbatda, afg‘on talabalari evakuatsiya qilindi. Biz Polsha tashqi ishlar vazirligi bilan gaplashdik, ular bizga yordam berdi”, dedi Qodiriy.
Elchi, shuningdek, Ukrainadan Polshaga qo‘lida hujjati bo‘lmagan afg‘on tadbirkorlari ham o‘tganini, Polsha hukumati bunga ko‘maklashganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning Polshadagi elchisi Tohir Qodiriy avvalgi hukumat tomonidan tayinlangan, yangi hukumat esa, uni chaqirib olmagan.