Bugungi kunda dunyo bo‘yicha har uchta tug‘ruqdan biri kesarcha kesish orqali amalga oshirilmoqda. Ba’zi onalar uchun bu jarayon qutqaruv yo‘li bo‘lsa, boshqalar uchun tabiiy tug‘ruq sog‘lom tanlov sifatida ko‘riladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, jami tug‘ruqlarning 10-15 foizi kesarcha kesish usuli bilan amalga oshirilishi kerak. Biroq oxirgi paytlarda kesarcha kesish usulida farzand dunyoga keltirish ko‘rsatkichi yildan yilga oshib boryapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda dunyo bo‘yicha 21 foiz tug‘ruq kesarcha kesish usulida amalga oshiriladi. 2030 yilga borib esa bu ko‘rsatkich 29 foizga yetishi prognoz qilingan.
Xo‘sh, aslida qaysi usuldagi tug‘ruq ona va chaqaloq uchun xavfsizroq?
Qaysi usulda farzandni dunyoga keltirish tezroq tiklanishga yordam beradi?
Shu savollarga javob izlab, akusher ginekolog, reproduktolog — Bonu Toirovaga murojaat qildik.
Mutaxassis "agar ayol kishida tanlash imkoniyati bo‘lsa, albatta, tabiiy tug‘ruqni tanlash kerakligi, bu ona va bolaning salomatligida juda muhim o‘rin tutishi"ni ta’kidladi.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida:
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/xXivoTP1imQ?si=M2EL3RfUZrJINPEs" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, O‘zA