Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kerol Miller: O‘zbekiston va AQSH munosabatlari barqarorlik bosqichida
01:37 / 2025-11-07

AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Kerol Miller ayni payt Vashingtonda bo‘lib turgan mamlakatimiz yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berdi:

– O‘zbekistondan kelgan hamkorlarimiz bilan umumiy jihatlar, shuningdek mamlakatingizda yuz berayotgan ajoyib o‘zgarishlar, masalan bolalar qanday ta’lim olayotgani, ayollarga cheksiz hurmat ko‘rsatilayotgani haqida gaplashdik. Qolaversa, tasdiqlanishi kutilayotgan Jekson-Venik tuzatishi bekor qilinishi qanchalik muhimligiga to‘xtaldik. Umuman, juda yaxshi, ijobiy muhokama bo‘ldi.

O‘zbekiston hududlari va shtatlarimiz o‘rtasida mintaqaviy aloqalar o‘rnatilishi oddiy odamlar uchun juda muhim va istiqboli, deb o‘ylayman. Men tog‘li hududda, ko‘mir va tabiiy gazga boy shtatda istiqomat qilaman. Sizning yurtingizda ham ko‘plab ajoyib, muhim minerallar, energiya manbalari mavjudki, bizda juda ko‘p umumiylik, bir-birimiz bilan baham ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan narsalar bisyor.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-sotiqni rivjlantirish juda dolzarbligi haqida ham gaplashdik. Buyuk Ipak yo‘li, xususan necha ming yillar davomida mamlakatingiz savdo yo‘lida qay darajada muhim manzil bo‘lgani e’tibor markaziga chiqdi. Muhimi, endi ko‘zlangan manzillarimizni birlashtirish.

Besh oy oldin O‘zbekistonda bo‘lgandim. Ko‘chadagi samimiy odamlar, oddiy oilalar va bolalar menda juda iliq tassurot qoldirdi, o‘zimni xuddi uyimdagidek his qildim. Xalqingiz juda mehmondo‘st, taomlar ham ajoyib. Yana borishni intiqlik bilan kutyapman.

Hozir O‘zbekiston va AQSH munosabatlari barqaror, kelajagi umidli bosqichga chiqdi. Qo‘shni mamlakatlar bilan esa mamlakatingiz o‘zaro tenglik tamoyiliga asoslangan do‘stona munosabat o‘rnatib, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA