Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Keregetau» ovuli haqida eshitganmisiz?
11:45 / 2023-07-19

FOTOREPORTAJ

Tomdi tumanidagi «Keregetau» ovuli Navoiy viloyat markazidan 340, tuman markazidan 90 kilometr olisda joylashgan. «Obod qishloq» Davlat dasturi doirasida olis hududlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari mana shunday chekka, yiroq manzillarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun ham yangi hayot sahifasini ochgani rost.

Ovulda barcha qulaylikka ega qishloq vrachlik punktida malakali tibbiyot xodimlari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari ovulda zamonaviy qiyofadagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi bunyod etilgan.

[gallery-12823]

Bu yerning tabiati o‘zgacha, har faslining o‘z jozibasi bor. Yoz oylarining jazirama issig‘idan tortib qish faslining injiqliklari mehmondo‘st keregetauliklar uchun hech bir mashaqqat tug‘dirmaydi. Ovul g‘arbdan Kerezbuloq qishlog‘i, shimoldan Qozog‘iston Respublikasi, sharqdan O‘temurat va janubdan Ayaqquduq qishloqlari bilan chegaradosh.


Siroj ASLONOV(surat),O‘zA