Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kepa baribir jazolandi
13:02 / 2019-02-26

Natijada londonliklar penaltilar seriyasida raqibiga yutqazib qoʻydi.


Xabaringiz bor, Angliya ligasi kubogining finalida “Chelsi” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga qoʻshimcha vaqt davom etayotgan bir paytda jamoa bosh murabbiyi Maurisio Sarri qaroriga qarshi borib, oʻz oʻrnini zaxira darvozaboni Villi Kabalyeroga boʻshatib berishdan bosh tortgan edi. Natijada londonliklar penaltilar seriyasida raqibiga yutqazib qoʻydi.

Garchi “aristokratlar” darvozabonga nisbatan hech qanday jazo chorasini qoʻllamasligi haqida maʼlum qilgan boʻlsa-da, bugun klub matbuot xizmati tomonidan Kepa Arrisabalaga jarima tortilishi borasida xabarlar tarqaldi.

Unda qayd etilishicha, klub rahbariyati “Manchester Siti”ga qarshi kechgan oʻyin oxirida jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri va darvozabon Kepa Arrisabalaga oʻrtasida yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha tekshiruv ishlarini yakunlagan.

Final oʻyinida overtaymlar yakunlanishiga yaqin “Chelsi” ustozi Mauritsio Sarri asosiy darvozabon Arrisabalagani zaxira posboni Kabalyeroga almashtirmoqchi boʻladi. Biroq, Kepa maydonni tark etishni istamaydi va bu bilan Sarrining gʻazabini qoʻzgʻaydi.

Oʻyindan keyin Sarri darvozabon bilan oʻrtasida tushunmovchilik boʻlgani va Kepaga hech qanday eʼtirozi yoʻqligini aytgandi. Murabbiyning soʻzlariga koʻra, u ispaniyalik posbonning mushaklari tortishgan deb oʻylagan. Keyinchalik darvozabon bilan gaplashib, bunday emasligini aniqlaydi.

Klub matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, futbolchiga bir haftalik maoshi miqdorida jarima solingan. Ushbu pullar Chelsea Foundation xayriya fondiga yoʻnaltiriladi.