French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kentukkidagi suv toshqini qurbonlari soni 21 kishiga yetdi
16:22 / 2025-02-25

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kentukki shtatida sodir bo‘lgan kuchli suv toshqini natijasida halok bo‘lganlar ro‘yxatida jami 21 kishining nomi qayd etilgan, deya xabar berdi “NBC News” telekanali.

Milliy ob-havo xizmatining Luisvilldagi bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, bu hafta issiq va quruq ob-havo kutilyapti. Demak, hududdagi vaziyat yaxshilanishiga umid bor.

– 660 ga yaqin xonadon elektr quvvatidan uzilgan, 100 dan ziyod yo‘l yopiq, 600 kishi mehmonxona, maktab yoki cherkovdan boshpana topgan, – deydi gubernator Endi Besher. – So‘nggi yillardagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan birini boshdan kechirdik. Falokat ta’siri butun shtat bo‘ylab sezildi.

Ma’muriyat odamlarga yordam berish uchun federal miqyosda ruxsat kutyapti.

Bir hafta oldin ham Kentukki aholisi suv tez ko‘tarilishi tufayli qamalib qolgani haqida xabar berilgan edi. o‘shanda 40 ming kishi elektr energiyasidan mosuvo bo‘lgan, 9800 inson ichimlik suvisiz qolgan.