Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kentukki shtatida suv toshqini 26 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
12:24 / 2022-08-01

Qurbonlar soni ko‘payishda davom etmoqda, deb ma’lum qildi yakshanba kuni AQSHning Kentukki shtati gubernatori Endi Beshir.

"Qurbonlar soni 26 kishiga yetdi va ko‘payishda davom etmoqda. Vayronagarchiliklar ko‘lami ham keng, ko‘pchilik boshpanasidan ayrilgan, erta-indin yana yog‘ingarchilik bo‘ladi", – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.  

AQSH Prezidenti Jo Bayden shtatda yuz berayotgan suv toshqinlarini yirik tabiiy ofat, deb e’lon qildi va Kentukkiga Federal yordam ko‘rsatish haqidagi hujjatni imzoladi.  

tgan yilning so‘nggi oyida ham mazkur shtat ketma-ket dovullarni boshdan kechirdi, o‘shanda 80 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangan edi.