Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kennedi nomidagi san’at markazi yopilmoqda
12:47 / 2026-02-02

AQSH Prezidenti Vashingtondagi mashhur Jon F.Kennedi nomidagi Ijro san’ati markazi ikki yilga yopilishi mumkinligini ma’lum qildi. Tubdan ta’mirlash ishlari iyul oyida boshlanadi va markaz to‘liq yangilangan holda qayta ochiladi.

Rejaga ko‘ra, yopilish sanasi Mustaqillik deklaratsiyasi imzolanganining 250 yilligiga — 4 iyulga to‘g‘ri keladi.

Tramp markazni “yanada buyuk, chiroyli va muvaffaqiyatli darajaga olib chiqish” niyatini bildirdi. Yetakchi qayta tiklash chog‘i barcha tomoshalar to‘xtatilishi, qayta ochilish esa tarixdagi eng yirik madaniy voqealardan biriga aylanishini ta’kidladi. Loyihaning moliyaviy jihati hal etilgani, faqat yakuniy qaror markaz kuzatuv kengashi roziligiga bog‘liqligi qo‘shimcha qilingan.

So‘nggi oylar Kennedi markazi atrofida keskin bahs avj oldi. Tramp o‘zini markaz raisi etib tayinlagan, kengash tarkibini yaqin ittifoqchilari bilan to‘ldirgan va muassasa nomiga ismini qo‘shishga ham erishgan edi. Bu qadamlar san’at ahli va muxolifat tomonidan keskin tanqid qilindi.

Natijada bir necha mashhur san’at jamoasi va ijodkorlar o‘z chiqishlarini bekor qildi. Bastakor Filip Glass, “Hamilton”, Vashington milliy operasi va boshqa san’at tashkilotlari markaz bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Demokratlar va Kennedi oilasi esa majmua nomini o‘zgartirish qonuniy kuchga ega emasligini bildirib, bu qarorni marhum prezident merosiga putur yetkazadi, deya baholamoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA