O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Badiiy tarjima kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni Kengash raisi Zuhriddin Isomiddinov olib bordi.
Yig‘ilishda adabiyotshunos olim Adhambek Alimbekov o‘tgan davr ichida tarjimashunoslik borasida chop etilgan maqolalar va e’lon qilingan ilmiy izlanishlar haqida axborot berdi.
Kengash yig‘ilishida aprel oyida amalga oshirilgan, shuningdek, may oyida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Alisher Navoiy asarlarini arab tiliga o‘girish jarayoni qanday borayotgani, bu yil 120 yilligi nishonlanyotgan akademik shoir G‘afur G‘ulom asarlarining qardosh tillarga tarjimalarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama etildi.
Shu bilan birga, tarjimashunoslik bo‘yicha tadqiqotlarni chop etish muammolarini hal etish, “Zomin qaldirg‘ochlari” yillik respublika seminarida tarjima yo‘nalishida ishtirok etadigan yoshlarning ishlarini ko‘rib chiqish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
N.Usmonova,
O‘zA