Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kengash raisiga yana bir bor ishonch bildirildi
15:05 / 2025-07-08

Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashining IX hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat Kengashining 2020-2024 yillardagi faoliyati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar, shuningdek, Kengash taftish komissiyasining faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. 

Ta’kidlanganidek, 2020 yilda kasaba uyushmalari a’zolari soni 181 ming 247 nafardan 2024 yilda 270 ming 748 nafarga ko‘paydi. 2024 yilning o‘zida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 40 mingdan ortiq xodim kasaba uyushmasiga birlashtirildi.

2020 yilda korxona, tashkilot va muassasalarda qabul qilingan jamoa shartnomalarining bandlari 95,2 foizga bajarilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 97,9 foizga yetdi. 

[gallery-24207]

Kasaba uyushmalarida Mehnat inspeksiyasining qayta tiklanishi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga amal etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda muhim omil bo‘ldi. Ular tomonidan ish beruvchilarga kiritilgan 276 ta ko‘rsatma asosida 1400 nafar xodimning huquqlari tiklanib, qariyb 1,8 milliard so‘mlik mablag‘lari undirib berildi. Shuningdek, ish beruvchi tomonidan rad etilgan va nizo kelib chiqqan holatlar yuzasidan sudlarga kiritilgan 148 ta da’vo arizalardan 128 tasi sudlar tomonidan qanoatlantirildi. Natijada fuqarolar foydasiga jami 2 milliard 490 million so‘mdan ortiq moddiy va ma’naviy zararlar undirildi. 

Hisobot davrida 195 ta korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazorati o‘tkazilib, 1856 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Qonunbuzilish holatlari yuzasidan ish beruvchilarga 117 ta ko‘rsatma kiritilib, ходимлар foydasiga 1 milliard 688 million so‘m miqdorida yetkazilgan zarar undirildi. Ammo олиб borilgan amaliy ishlarga qaramasdan, o‘tgan besh yilda kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlarda 70 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va ularning 19 tasi o‘lim bilan tugagan. 

Viloyatda 2021-2024 yillar davomida yil dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida 105,6 milliard so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lsa, uning qariyb 64,8 milliard so‘mi kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa ish beruvchilar mablag‘lari hisobidan sarflandi. 

Yopiq-yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan jarayonda amaldagi Kengash raisi Nazira Tog‘ayeva yana 5 yil muddatga qayta saylandi. 

Shuningdek, tadbir davomida Kengash raisi o‘rinbosari, Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, taftish komissiyasi raisi va uning a’zolari ham saylab olindi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga va Bosh kengash tarkibiga vakillar tasdiqlandi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari