Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keng ko‘lamli asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda
15:28 / 2024-10-11

Davlatimiz rahbarining o‘tgan yili 24-25 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Qarshi shahridagi markaziy avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlariga 105 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Shunga asosan, Qarshi shahridagi Islom Karimov, Mustaqillik, Amir Temur, Nasaf, Alisher Navoiy va Xonobod ko‘chalarini keng miqyosli asfaltlashtirish, ichki yo‘llarini qurish ishlari olib borilmoqda.   

Ma’lumotlarga ko‘ra, pudratchilar tomonidan zamonaviy texnikalar yordamida 13,3 kilometr yangi turdagi sementli betondan ajratuvchi to‘siq (bordyur)lar qurish ishlari hamda 9,2 kilometr uzunlikda mayda donachali A-turdagi issiq asfaltli betondan qoplama qurish ishlari bajarilgan.   

Qarshi shahridagi markaziy ko‘chalarni ta’mirlash ob’ektlarida 35,6 milliard so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan bo‘lib, 24,7 milliard so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan. Hozirgi kunda ob’ektlarda joriy ta’mirlash ishlari davom etmoqda.  

Yo‘l harakati ishtirokchilari uchun qulayliklar yaratish va piyodalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida asfaltlashtirish ishlari yakunlangan yo‘lning piyodalar o‘tish joylaridagi yo‘l yotiq chiziqlari yangidan chizilmoqda.  

Bu kabi bunyodkorlik ishlari natijasida viloyat markazi hisoblangan Qarshi shahri yanada go‘zal va chiroyli shaharga aylanadi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri