English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kembrij universiteti vakillari bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi
12:05 / 2024-10-17

Bugungi kunda yetakchi IT mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish raqamli texnologiyalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Malakali mutaxassislar innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish, yangi mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqish, jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish orqali kompaniyalar samaradorligini oshirishga yordam beradi. Sohadagi xalqaro hamkorlik yoshlarga yangi bilimlar olish uchun katta imkoniyatlar taqdim etadi.  

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Kembrij universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy IT ta’limiga asoslangan yangiliklarni O‘zbekistonga olib kirish masalalari ko‘rib chiqildi, deyiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotida.  

Asosiy mavzulardan biri IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni baholash tizimini yaratish taklif etildi. Ushbu tizim yoshlarning qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda o‘lchash va ularga zaruriy bilim ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, mamlakatimizda IT yo‘nalishiga qiziquvchi iste’dodlarni aniqlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.  

Shuningdek, uchrashuvda Milliy IT standartlarini takomillashtirish va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha malakasini oshirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. Bu kelajakda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va yetakchi IT mutaxassislarini tayyorlashda muhim qadam hisoblanadi.  

Bundan tashqari, Kembrij universiteti vakillari bilan birgalikda malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirildi. Ushbu dasturlar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimlarini joriy etish hamda IT sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilgan.  

Uchrashuv yakunida IT sohasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi va O‘zbek yoshlari Kembrij universitetida to‘liq grant asosida hamkorlikda malaka oshirish dasturlarini joriy etishga kelishib olindi.  

M.Hojiakbarova, O‘zA