FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida yashovchi hunarmand Arman Sherjanov suvenir kemalar yasash bilan shug‘ullanadi.
– Hunarmandchilikni endi o‘rgangan kezlarim buyurtmachilarning taklifiga ko‘ra, turli uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlar edim, - deydi hunarmand. – Lekin kemasozlikka qiziqqanim bois, suvenir kema yasash sirlarini o‘rgandim. Hozirda bunday buyumlarning bir nechta turdagisini tayyorlayapman. Asosan buyurtma bo‘yicha ishlayman. Besh yuz mingdan boshlab, bir yarim million so‘mgacha bo‘lgan qiymatdagi kemalarni yasab, o‘z egalariga topshiraman.
[gallery-23642]
Bugungi kunda suvenir kemalarga buyurtmachilar soni oshgan. Turli bayram, tadbirlarda usta yasagan buyumlar esdalik sovg‘a sifatida berish an’anaga ham aylanib ulgurdi. Hattoki, Qozog‘iston Respublikasi va yurtimiz viloyatlaridan ham buyurtmalar kelib tushmoqda.
Usta hududdagi 19-umumta’lim maktabida o‘quvchilarga “Ustoz-shogird” an’anasi asosida hunarmandchilik sir-asrorlarini o‘rgatishni ham yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, sportning milliy kurash va dzyudo turi bo‘yicha ham shogirdlar tayyorlamoqda. Asosiysi, u o‘zi yasagan kema suvenirlarini musobaqalarda g‘olib bo‘lgan shogirdlariga esdalik sifatida topshirishni odat qilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qpwpUE6stXA" title="Kemasoz usta" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA