Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelishuvlar samarali bo‘lmoqda
16:59 / 2023-06-11

Buxoro viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Bobokalonov va soha vakillari BAA dagi Madaniy diplomatiya xalqaro instituti “International Institute for Cultural Diplomacy” rahbariyati Nasser Al Dhari hamda Muhammad Al Muaini bilan O‘zbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasida uchrashdi.

Uchrashuvda Buxorodagi Mir Arab Oliy madrasasi haqida so‘z bordi. Suxrob Bobokalonov madrasa haqida gapirarkan, arab tilida so‘zlashuvchi gidlar tayyorlash maqsadida, Mir Arab Oliy madrasasi bilim yurti talabalaridan zaxira shakllantirish, talabalarga zamonaviy so‘zlashuv arab tili darslarini tashkil etish, Islom tarixi fanlarini chuqurlashtirilgan holda olib borish, talabalarda arab tilida erkin so‘zlasha olish ko‘nikmasini hosil qilish orqali o‘zaro ta’lim turizmini ham rivojlantirish mumkinligini ta’kidladi. 

Shuningdek, BAA dan keladigan professor-o‘qituvchilar madrasa talabalariga tasavvuf allomalari, Islom tamadduni darg‘alari hayoti va tarixi, ijodini chuqur o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ham ilgari surildi.

Uchrashuvda “Qasimia University” oliygohi yordamida arab tilida gidlar tayyorlash zaxirasini tashkil etishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida Nosir Al Dxari Usmon Mushafi hamda Imom al Buxoriy to‘g‘risida filmlar suratga olish uchun sentyabr oyida O‘zbekistonga kelishi va imzolangan memorandum shartlari amalga oshirilishiga kelishildi. 
Uchrashuvlar davom etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA