English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi
19:10 / 2025-09-07

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati boshqarmasi va Navoiy viloyat sudi hamkorligida “Sud qarorlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish hamda bu borada amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish choralari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqanlar sud hujjatlari asosida chiqarilgan ijro hujjatlarining ijro etilishi ahvoli, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, sud hujjatlari asosida berilayotgan ijro hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni elektron ma’lumotlar bazasida hududiy majburiy ijro byurolariga yuborishda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar, ijro hujjatlarining majburiy ijro byurosi organlari tomonidan asossiz qaytarilishining oldini olish hamda mazkur holatlarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik uchun e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda sud hujjatlari ijrosini yanada yaxshilash va ijro jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi, qoldiqdagi ijro hujjatlari, ayniqsa, davlat foydasiga undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash, sudlar tomonidan belgilangan jarimalar va davlat bojlarini undirish haqidagi sud hujjatlarini o‘z vaqtida ijroga qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.  

Shuningdek, tadbirda bugungi kunga qadar ijrosi ta’minlanmagan ijro hujjatlarini Byuroning hududiy tuman-shahar bo‘limlari bilan hamkorlikda keskin kamaytirish masalalari muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri