Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusi yillar Buxoroda “sanoatda keskin burilish davri” bo‘ladi
13:26 / 2021-10-12

– Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvida bu haqda alohida to‘xtaldi.

 – Viloyatning salohiyati, mavjud resurslarini qayta ishlash imkoniyatlarini inobatga olib, kelgusi yillar Buxoroda “sanoatda keskin burilish davri” bo‘ladi. Jumladan, jami 8 milliard dollarlik 5 mingta loyiha amalga oshirilib, 100 ming yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bunda, eng avvalo, sanoatning strategik tarmoqlarida xomashyoni chuqur qayta ishlashga qaratilgan 5 ta “mega loyiha” amalga oshiriladi. Xususan, Qorako‘l tumanida qiymati 2,7 milliard dollarlik, yiliga 1,3 milliard kubmetr gazni qayta ishlaydigan gaz-kimyo kompleksini barpo etish loyihasi boshlanadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘zA