Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusi yili Surxondaryoga 1,5 milliard dollar investitsiya olib kelish vazifasi qo‘yildi
14:12 / 2023-11-17

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kelgusi yili Surxondaryoga 1,5 milliard dollar investitsiya olib kelib, sanoatda 12 trillion so‘m mahsulot ishlab chiqarish, 500 million dollarlik eksportni amalga oshirib, 100 million dollar importni qisqartirish, kamida 500 ming xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish, 400 ming aholini band qilish viloyat, tuman hokimlarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Eng asosiy masala – investitsiya va sanoat. Bunda eng katta zaxira mavjud konlarni ishga solishdir.  

Sariosiyodagi "Chinorsoy" polimetall konida qo‘rg‘oshin, rux va oltin, "Xo‘ja-osmin" konida oq marmar, Boysun va Sariosiyoda ko‘mir, Sheroboddagi “Xo‘jai-kon” konida kaliy o‘g‘iti zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi oldiga viloyatning tog‘li hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.  

 

O‘zA