French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusi yili Farg‘ona viloyatidagi barcha paxta maydonlarida ko‘chatlab ekish texnologiyasi joriy qilinadi
13:55 / 2024-07-12

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda so‘nggi uch yilda Farg‘ona viloyatidagi 110 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun 25,5 ming gektar yer berilgani qayd etildi. Ushbu yerlarda 3 marta hosil olish bo‘yicha Farg‘ona tajribasini yaratish topshirildi.

Kelgusi yili viloyatdagi barcha paxta maydonlarida Shinjon-Uyg‘ur tajribasi asosida paxtani ko‘chatlab ekish texnologiyasi joriy qilinadi, zamonaviy urug‘chilik korxonasi tashkil etiladi.  

Shuningdek, 15 ta tumanda 500 gektardan yerda bog‘lar tashkil qilinib, 50 sotixdan 30 ming aholiga bo‘lib beriladi, viloyatdagi 8 ming gektar samarasiz bog‘lar yangilanadi.  

Farg‘ona tumanida sanoat usulida Italiya va Polshaning serhosil malina navlari ekiladi. Qo‘shtepa va Yozyovonda 1 ming gektardan yuqori hosildor bodom, shaftoli, gilos va olxo‘ri bog‘lari tashkil qilinadi.  

O‘zA