Kelgusi yildan tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam mashinalarini olib kirish bo‘yicha imtiyoz 3 yilga uzaytiriladi
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Kelgusida ham tibbiyotda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha sharoitlarni yaratish davom ettirilishi ta’kidlandi.
Xususan, kelgusi yildan tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam mashinalarini olib kirish bo‘yicha imtiyoz 3 yilga uzaytiriladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismini qaytarish bo‘yicha berilgan imtiyoz xususiy tibbiyot tashkilotlariga ham qo‘llanadi.
Zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalarni tashkil qilish va ularni jihozlash uchun tadbirkorlarga 200 million dollarlik imtiyozli resurs ajratiladi.
Bu mablag‘lar kelgusi yildan boshlab tadbirkorlarga 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan 17 foiz stavkada beriladi.
O‘zA