French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusi yildan “Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi” loyihasi boshlanadi
16:21 / 2023-12-20

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida yangi imkoniyatlar hisobiga 2024 yilda IT xizmatlari hajmini 2 barobar oshirib, eksportini 800 million dollarga yetkazish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu marralarga erishish uchun chet tili va ITni biladigan kadrlar zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. 

Raqamli texnologiyalar vazirligi oldiga kelgusi yilda 8 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni saralab, nufuzli xalqaro kompaniyalar talabiga mos dastur asosida o‘qitish, ularni IT kompaniyalaridagi yuqori daromadli ishlarga joylashtirish vazifasi qo‘yildi. 

Shuningdek, kelgusi yildan “Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi” loyihasi boshlanadi. 30 ming yoshlarni ingliz tiliga o‘qitib, IELTSdan kamida 7 ball, nemis va boshqa tillardan B2 sertifikati olishi uchun sharoit yaratiladi. 

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi IT shaharcha loyihasini ma’qullab, shu tajriba asosida 2024 yil yakuniga qadar har bir tumanda shunday shaharcha yaratish muhimligini ta’kidladi. 

Shuningdek, AQSHlik hamkorlar bilan “Inklyuziv raqamlashtirish” loyihasi doirasida kamida 20 ming nafar yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. 

O‘zA