Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusi yilda qurilayotgan loyihalarning kamida 50 foizida zamonaviy mahsulotlar ishlatilishi belgilandi
18:04 / 2021-12-02

Prezidentimiz raisligida ipotekani kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yig‘ilishda qurilish materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi. 
 
Lekin mamlakatimizdagi qurilishlarda zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish 25 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Kelgusi yilda qurilayotgan loyihalarning kamida 50 foizida zamonaviy mahsulotlar ishlatilishi belgilandi. 

Mutasaddilarga bir oy muddatda uy-joylar qurishda o‘zini oqlagan, qurilish xarajatlarini kamaytiradigan va energiya tejamkor yangi materiallarni shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritish vazifasi topshirildi. 

O‘zA